Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Quroqchilik san’ati

Quroqchilik san’ati

O‘zbek zamonaviy san’at bosqichida quroq san’atini ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchisi – an’anaviy xalq kashtachiligi bilan bog‘liq bo‘lib, quroqdan turmush jihozlarini bezashda foydalaniladi. Ikkinchi yo‘nalish malakali rassomlar faoliyat ijodi bilan bog‘liq bo‘lib, quroqchilikdan ilhomlanib ajoyib kompozitsiyalar yaratishni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishda ham ijodkorlar samarali faoliyat olib borib, o‘z asarlarini yaratishmoqda. Jumladan,…

O‘zbek zamonaviy san’at bosqichida quroq san’atini ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchisi – an’anaviy xalq kashtachiligi bilan bog‘liq bo‘lib, quroqdan turmush jihozlarini bezashda foydalaniladi. Ikkinchi yo‘nalish malakali rassomlar faoliyat ijodi bilan bog‘liq bo‘lib, quroqchilikdan ilhomlanib ajoyib kompozitsiyalar yaratishni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishda ham ijodkorlar samarali faoliyat olib borib, o‘z asarlarini yaratishmoqda.

Jumladan, xalqimiz orasida quroq san’ati yordamida buyumlar tayyorlash odatiy hol bo‘lib, mahalliy quroq ustalari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari ushbu san’at turi yordamida liboslar yaratish yoki bezash ham urfga aylanib, yurtimiz dizaynerlari bu yo‘nalishdagi kolleksiyalarini taqdim etmoqdalar. Har bir quroq tayyorlash jarayonida ijodkordan o‘ziga xos yondoshuv, did va sabr talab etiladi. Chunki, haqiqiy quroq ushbu omillar vositasida san’at asari ko‘rinishini oladi. Quroq ijodkori asarida o‘zining estetik didini, shu bilan birga o‘lkasining mahalliy xususiyatlarini ham namoyon etadi. Quroqlarda tabiat ko‘rinishi, maishiy sahnalar, handasaviy kompozitsiyalar namoyon bo‘ladi.

Author: Uyushma axborot xizmati