Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika

Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika

O‘sha paytda Qo‘qondagi eng yirik qog‘ozgarlik ustaxonalari Mo‘yi Muborakda bo‘lib, shu nomli ariq yonida joylashgan edi. 1863-1873 yillar Qo‘qon xoni o‘rdasi bunyod etilishi davrida shahar ichidagi barcha qog‘ozgarlik objuvozlari So‘x hududiga qarashli Qalacha, Tul qishloqlariga ko‘chirib yuborilgan. Ular o‘z faoliyatlarini 1930 yilga qadar davom ettirgan. Darhaqiqat, Qo‘qon qog‘ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoyniki bilan bemalol…

O‘sha paytda Qo‘qondagi eng yirik qog‘ozgarlik ustaxonalari Mo‘yi Muborakda bo‘lib, shu nomli ariq yonida joylashgan edi. 1863-1873 yillar Qo‘qon xoni o‘rdasi bunyod etilishi davrida shahar ichidagi barcha qog‘ozgarlik objuvozlari So‘x hududiga qarashli Qalacha, Tul qishloqlariga ko‘chirib yuborilgan. Ular o‘z faoliyatlarini 1930 yilga qadar davom ettirgan.

Darhaqiqat, Qo‘qon qog‘ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoyniki bilan bemalol bellasha olgan. Shu bois xatto Qashg‘ar, Shimoliy Afg‘oniston va Misrga ham olib borib sotilgan. Bu qog‘ozdan Buxoro amirligi qog‘oz pullar ishlab chiqarishda foydalanganligi ma’lum. Chunki, Qo‘qon qog‘ozidek shaffof va nafis qog‘oz dunyoda bo‘lmagan deb hisoblanadi. Nafisligi shundaki, unga matn yozilsa, bu yozuvni qog‘ozning orqa tarafidan ham bemalol o‘qish mumkin bo‘lgan.

Buning ustiga Qo‘qon qog‘ozi suvda tez ivimagan, tortilganda yirtilish o‘rniga cho‘zilgan. Qo‘qon qog‘ozining o‘nga yaqin turi mavjud bo‘lib, ular orasida “Abribahor”, “Abrishem”, “Haftrang” kabi qog‘ozlar mashhur edi. “Abribahor” qog‘ozi Misr paxtasidan ishlangan. Qo‘qon ustalari shoyi qog‘ozini tayyorlashni ham bilganlar. Ammo u juda qimmat turganligi bois unga talab kam bo‘lgan. Ko‘pincha bu qog‘oz turi biron-bir boy-badavlat kishi buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan. Oliy navli qog‘ozlar asosan xonlik yozishmalari, farmoni oliylar, hujjat va maktublar uchun qo‘llanilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati