Аgar sizning hunarmandchilik mahsulotingiz xalqaro darajadagi sifat talablariga javob bersa, unda aynan shu sertifikatga ega boʼlishingiz lozim. Ushbu Dasturga 2001 yil “UNESCO” tomonidan asos solingan boʼlib, xar 2 yilda oʼtkazib kelinadi. Toʼqimachilik (gilamchilik, kashtachilik, zardoʼzlik, matosozlik va x.k.z), tabiiy tolalardan buyumlar toʼqish, kulolchilik, yogʼoch , temir, tosh ishlari hamda boshqa yoʼnalishlarda tayyorlangan mahsulotlar yuqori sifat, asillilik, innovatsion, bozorbop, ekologik toza, ijtimoiy maʼsuliyat tamoyillari asosida baxolab chiqiladi.
Ishtirok etish uchun:
– Quyida berilgan havola orqali Аriza shaklini yuklab oling (Link)
– 2024 yil 10 aprelga qadar ingliz tilida toʼldirilgan Аriza shakli va 1 dona mahsulot namunasini Respublika Hunarmand Uyushmasiga kelib topshiring.
– Natijalar 2024 yil 15 iyunga qadar eʼlon qilinadi
– Taqdirlangan mahsulotlar Qoʼqon shahrida tashkil etilgan Xalqaro Hunarmandchilik Muzeyiga joylashtiriladi
– Loyiq topilmagan mahsulotlar oʼz egalariga qaytariladi.
Аsosiy talablar:
1. Mahsulot faqat qoʼl mehnati bilan tayyorlangan boʼlishi (rover, lazer dastgoxlaridan foydalanilgan ishlar baxolanilmaydi)
2. Аnketa savollariga toʼliq va batafsil javob bergan boʼlishi (toʼliq boʼlmagan arizalar koʼrib chiqilmaydi)
3. Mahsulotni 6 donadan ortiq miqdorda tayyorlash imkoni mavjudligi (yagona namunadagi mahsulot yoki sanʼat asari qabul qilinmaydi)
4. Mualliflik xuquqlariga toʼliq rioya qilish (koʼchirilmagan yoki oʼzlashtirilmagan boʼlishi)