Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika

Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrika

Moziyshunos A.Semyonovning ta’kidlashicha, “Qo‘qon qog‘ozi o‘z davrida shu darajada mashhur bo‘ldiki, Peterburg zodagonlari Qo‘qon qog‘oziga qiziqib qolib, «Toshkentdan kelayotgan bu ajoyib qog‘oz kanday qog‘oz bo‘ldi, uning bahosi qancha, mumkin bo‘lsa, bizga yuborsangiz», degan iltimosnomalar kela boshladi” deb ta’kidlaydi. A.Fedchenko esa o‘z esdaliklarida: “Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrikadir. Bunday fabrikalar birinchisi…

Moziyshunos A.Semyonovning ta’kidlashicha, “Qo‘qon qog‘ozi o‘z davrida shu darajada mashhur bo‘ldiki, Peterburg zodagonlari Qo‘qon qog‘oziga qiziqib qolib, «Toshkentdan kelayotgan bu ajoyib qog‘oz kanday qog‘oz bo‘ldi, uning bahosi qancha, mumkin bo‘lsa, bizga yuborsangiz», degan iltimosnomalar kela boshladi” deb ta’kidlaydi.

A.Fedchenko esa o‘z esdaliklarida: “Qo‘qon xonligidagi qog‘ozgarlik ustaxonasi Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan birdan-bir fabrikadir. Bunday fabrikalar birinchisi Chorsuda bo‘lsa, ikkinchisi Mo‘yi Muborakdadir. Bu fabrikalarda ishlab chiqarilayotgan qog‘oz tayyorlash usuli kishini hayratga soladi”. Qo‘qon qog‘ozgarlik usuli Xitoy qog‘ozgarlik usuliga juda o‘xshashligi A.Fedchenko tomonidan alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Shuningdek, ushbu masalaga N.Habibullayev quyidagicha fikr bildirgan: “O‘rta Osiyolik qog‘ozgar ustalar juda qadim zamonlardayoq Xitoycha qog‘oz tayyorlash usuli, an’ana va ko‘nikmalarini asrab qolganliklariga hayratlanishning hojati yo‘q. Chunki, o‘z ustaxonalari va asbob-uskunalarining, qo‘l mehnatiga asoslangan uslublarining nihoyatda eskirganligiga qaramay, ular bu hunarni san’at darajasida ko‘tara olganlar hamda a’lo sifatli qog‘oz tayyorlash usullarini saqlab qolganlar. Bu ham bo‘lsa, xalqimizning o‘z hunarini avloddan-avlodga meros sifatida o‘tkazib borishining samarasidir”.

Davomi bor…..

Author: Uyushma axborot xizmati