Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > 2021 yil 3-5 dekabr kunlari Yoshlar Ijod Saroyida 3 kunlik hunarmandchilik yarmarkasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

2021 yil 3-5 dekabr kunlari Yoshlar Ijod Saroyida 3 kunlik hunarmandchilik yarmarkasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Britaniya Kengashi, Hunarmand uyushmasi,  Savdo-sanoat palatasi, Human House gallayeriyasi va “Ma’rifatmonbai» NNT Lester universiteti (UoL) bilan hamkorlikda 2021 yil 3-5 dekabr kunlari Yoshlar Ijod Saroyida 3 kunlik hunarmandchilik yarmarkasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Toshkentdagi uch kunlik yarmarka oflayn rejimda o‘tkaziladi va poytaxt fuqarolari va mehmonlari uchun bayramga aylanadi. Shuningdek, ko‘rgazma-yarmarka hunarmandlarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishi uchun…

Britaniya Kengashi, Hunarmand uyushmasi,  Savdo-sanoat palatasi, Human House gallayeriyasi va “Ma’rifatmonbai» NNT Lester universiteti (UoL) bilan hamkorlikda 2021 yil 3-5 dekabr kunlari Yoshlar Ijod Saroyida 3 kunlik hunarmandchilik yarmarkasini tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentdagi uch kunlik yarmarka oflayn rejimda o‘tkaziladi va poytaxt fuqarolari va mehmonlari uchun bayramga aylanadi. Shuningdek, ko‘rgazma-yarmarka hunarmandlarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishi uchun amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazma mehmonlari yurtimizning barcha viloyatlaridagi hunarmandlar mahsulotlari jumladan, kashta tikish, rasm va miniatyura, milliy matolar va pichoqlar, kiyim va bosh kiyimlar, quvish, ip, kulolchilik, abru, xattotlik, gilamlar, o‘yinchoqlar bilan tanishib, xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Ko‘rgazma-yarmarka doirasida barcha uchun hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi. O‘zingizning mahsulotingizni yaratishingiz va amaliy san’atga tegishingiz mumkin bo‘ladi.

Ko‘rgazma davomida mehmonlar eksport treningida qatnashgan 15 nafar hunarmandning mahsulotlari bilan CRAFT FAIR TASHKENT 2021 ko‘rgazmasida tanishishlari mumkin bo‘ladi. Ular xalqaro ulgurji ko‘rgazmalarda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish va buyurtmalar qabul qilish hamda shu bilan birga Slow Design sifati va tamoyillarini saqlab qolish, shu orqali o‘z biznesini rivojlantirish va kengaytirish uchun biznes ko‘nikmalarini egallagan. 

Lester universiteti (UoL) mutaxassislari bilan o‘quv master-klassi o‘tkaziladi.

OAV vakillarini hamkorlikka va qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz.

“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati