"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik yanada rivojlanadi

Hunarmandchilik yanada rivojlanadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 30 dekabr kuni imzolangan “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida yana bir muhim hujjat bo‘ldi. Qarorda aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida mahallalarda yoshlarga hunar o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshiriladigan bir qancha vazifalar belgilangan. Hozirda…

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 30 dekabr kuni imzolangan “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida yana bir muhim hujjat bo‘ldi.

Qarorda aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida mahallalarda yoshlarga hunar o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshiriladigan bir qancha vazifalar belgilangan.

Hozirda Orolbo‘yida ushbu hujjat yuzasidan, ya’ni hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan yoki ushbu faoliyatni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga ko‘rsatiladigan imtiyoz va imkoniyatlar bo‘yicha aholi o‘rtasida keng qamrovli tashviqot ishlari olib borilayotir. Bunda “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, hamkor idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari faollik ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jami 9 ming 781 nafar hunarmand ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 2760 dan ziyodi usta, 7020 nafari shogird hisoblanadi. O‘tgan 2021 yilda “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan yoshlarni hunarmandchilikka yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hunarmandlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qator ishlar bajarildi.

Nukuslik Guljahon Zarimova 2020 yil uyushmagan a’zo bo‘lgan. U qoraqalpoq xalq milliy liboslarini tikish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, bir qancha yoshlarni shogirdlikka olib, ularga saukele, kiymeshek, shapan kabi bir qancha milliy libos turlarini hamda naqsh tushirish sirlarini o‘rgatmoqda. 

– Davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan har tomonlama g‘amxo‘rlik, biz, hunarmandlarni juda quvontirmoqda, – deydi Guljahon Zarimova. Qabul qilingan so‘nggi qaror hunarmandlarning erkin va samarali faoliyat ko‘rsatish uchun imtiyozlarni yanada kengaytirdi. Bundan samarali foydalangan holda, kelgusida faoliyatimni kengaytirish hamda shogirdlarim sonini ko‘paytirish niyatidaman.

manba: uza.uz

Maqsad HABIBULLAYeV (surat), O‘zA

[bvi]