Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Italiyaning markaziy hududi Umbriyada joylashgan Deruta shahrida bo‘ldi

Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Italiyaning markaziy hududi Umbriyada joylashgan Deruta shahrida bo‘ldi

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Italiyada Rishton sopol mahsulotlari taqdimotini o‘tkazish va targ‘ib qilish, Rishton tumani va Deruta shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat.  Deruta shahri o‘zining noyob sopollari va koshinlik san’ati bilan dunyoga mashhur bo‘lib, Italiya milliy kulolchilik an’analarining yetakchisi hisoblanadi. Delegasiyani Italiyada O‘zbekistonning…

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Italiyada Rishton sopol mahsulotlari taqdimotini o‘tkazish va targ‘ib qilish, Rishton tumani va Deruta shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish, ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat. 

Deruta shahri o‘zining noyob sopollari va koshinlik san’ati bilan dunyoga mashhur bo‘lib, Italiya milliy kulolchilik an’analarining yetakchisi hisoblanadi.

Delegasiyani Italiyada O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov hamda Deruta shahri meri Mikele Toniachchini boshchiligidagi mahalliy ma’muriyat mas’ullari kutib oldilar.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni kengaytirish, jumladan Rishton va Deruta o‘rtasida birodarlashgan shaharlar munosabatlarini o‘rnatish masalasini muhokama qilinib, anglashuv memorandumi imzolandi. Rishton tumanida zamonaviy chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish borasida ham kelishuvga erishildi. Imzolangan memorandumga ko‘ra, Deruta shahri delegasiyasi 2022 yilning mart va Santyabr oylarida Rishton tumaniga tashrif buyurishi belgilab olindi. 

Derutadagi Italiyaning eng qadimiy muzeylaridan biri – turli davr va uslubda sopoldan yasalgan 5 mingdan ortiq eksponatlar jamlangan san’at asarlari muzeyidan Rishton kulolchiligi mahsulotlarini bepul va uzoq muddat saqlash uchun ajratib berilgan 50 metr kvadrat metr hududda Rishton eksponatlari joylashtirilib, tantanali ochildi. Bundan tashqari, Rishton kulolchilik mahsulotlarining taqdimoti o‘tkazildi. 

Tashrif davomida Rishton delegasiyasi a’zolari Deruta shahridagi ustaxonalarda bo‘lib, u yerdagi ishlash jarayonlari bilan tanishishdi va fikr almashishdi. Qiziqarli jihati shundaki, Deruta tuprog‘i xuddi Rishton tuprog‘i singari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 

Deruta shahrida XV-XVI asrlarda mahalliy koshinlik uslubidagi “Bella Donna” sopol idishlarini yasash san’ati o‘z cho‘qqisiga erishgan. XVI asrda bu yerda mashhur “Rafael” deb nomlangan idish-tovoqlar ishlab chiqarila boshlagan.

Author: Uyushma axborot xizmati