O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5093-son qaroriga asosan Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali logotipi bo‘yicha e’lon qilingan ijodiy tanlovda taqdim etilgan logotiplar loyihalarini baholash bo‘yicha ijodiy tanlov Hakamlar hay’ati yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi binosida o‘tkazildi.
27 ijodkordan 100ga yaqin logotip variantlari taqdim etildi.
Hakmlar hay’ati a’zolari nizomga ko‘ra loyiha festivalni mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lishi, festival mavzusiga mosligi, logotip zardo‘zlik va zargarlikni ifodalashi hamda logotipning qismlari yoki boshqa festivallarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari bo‘lmasligi zarur va tanlov o‘tkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan bo‘lishi shartligiga e’tibor qaratdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant aniqlandi, ushbu variantlar festivalning tashkiliy qo‘mitasi e’tiboriga taqdim etiladi.