Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat” haftalik tadbirlari O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilib kelmoqda

“Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat” haftalik tadbirlari O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilib kelmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 27 maydagi PQ-261-son qaroriga muvofiq joriy yilning 1-10 yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat” haftalik tadbirlari O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi…

O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda

“Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 27 maydagi PQ-261-son qaroriga muvofiq joriy yilning 1-10 yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat” haftalik tadbirlari O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 6-7 yanvar kunlari “Abul-qosim madrasasi”da Usta hunarmand miniatyura rang tasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan Xamid Mirsagatov yoshlarni ta’til vaqtida unumli foydalanish maqsadida o‘zining mahorat darslarini o‘tkazdi. Shuningdek, “Baroqxon” madrasasida usta hunarmand kashtachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan Isxakova Nasiba yoshlarga mahorat darslarini o‘tkazdi.

Author: Uyushma axborot xizmati