Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Toshkent suvinerlari” nomli ko’rgazma-savdosi o’tkaziladi

“Toshkent suvinerlari” nomli ko’rgazma-savdosi o’tkaziladi

Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari,ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevoita ishtirok etishlari mumkin, shuningdek yulduzlarning chiqishlari va…

Toshkentda “Toshkent suvenirlari” nomli ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.

Uch kun davomida mehmonlar yurtimizning mashhur hunarmandlaridan o‘zlarining sevimli hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olishlari,ularning tayyorlanish jarayonlarini kuzatishlari va o‘zlari bu jarayonda bevoita ishtirok etishlari mumkin, shuningdek yulduzlarning chiqishlari va boy ko‘ngilochar dasturni tomosha qilishlari mumkin.

Ko‘rgazma-savdoda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandchilik mahsulotlari va milliy matolar adras atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamchilik, zardo‘zlik va hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlarida mahorat darslari bilan ishtirok etadi.

Ko‘rgazma-savdo mehmonlari yurtimizning mashhur hunarmandlarining mahorat darslarida qatnashib, o‘z qo‘llari bilan loydan ko‘za yaasb ko‘rishlari, ipakdan mato to‘qishlari, do‘ppiga naqsh berib ko‘rishlari, beshik yasashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar
3 kun davomida tadbir mehmonlari o‘zbek estradasi yulduzlari chiqishlari, sovrinlar o‘yinlari, raqs shoulari va boy ko‘ngilochar dastur bilan katta bayramdan bahramand bo‘lishadi.
“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma savdosi yaqin 3 kun ichida nafaqat Toshkentning hunarmandchilik hayoti markazi, balki Biznes vakillari hunarmandlar bilan foydali shartnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 kun davomida ko‘rgazmaga 100 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi.
Sana: 19avgustdan 21 avgustgacha.
O‘tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasi
Kirish bepul.
Ko‘rgazma-savdo dasturi bilan (+998) 71-279-80-88 telefoni orqali tanishishingiz va batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati