Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Viloyat hokimining Denov tumaniga tashrifi “Surnaytepa” mahallasida davom etdi

Viloyat hokimining Denov tumaniga tashrifi “Surnaytepa” mahallasida davom etdi

Mahallada yashovchi Ulug‘bek Sultonovning xonadonida tashkil etgan “Ustoz-shogird” an’analariga ixtisoslashgan hunarmandchilik markazida tikuvchilik sexi hamda hududdagi qator xizmat ko‘rsatish ob’yektlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishuv davomida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini tingladi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Shundan so‘ng, hududda tashkil…

Mahallada yashovchi Ulug‘bek Sultonovning xonadonida tashkil etgan “Ustoz-shogird” an’analariga ixtisoslashgan hunarmandchilik markazida tikuvchilik sexi hamda hududdagi qator xizmat ko‘rsatish ob’yektlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishuv davomida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini tingladi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Shundan so‘ng, hududda tashkil etilgan “Maktab yarmarkasi”, “Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi” hamda quyosh panellari ko‘rgazmalari bilan tanishildi. Mas’ullarga mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Author: Uyushma axborot xizmati