Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev Polsha delegasiyasi a’zosi “Polsha-Aziya” Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinski bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev Polsha delegasiyasi a’zosi “Polsha-Aziya” Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinski bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

Ayni daqiqalarda Respublika “Hunarmand” uyushmasida Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev O‘zbekiston Respublikasida Konstitusiya bo‘yicha o‘tkaziladigan Referendumiga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Polsha delegasiyasi a’zosi “Polsha-Aziya” Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinski bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev mamlakatimizda hunarmandchilikka berilgan e’tibor, hunarmandlarga yaratilgan preferensiyalar va xalqaro hamkorlik hamda kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro festival va ko‘rgazmalar haqida…

Ayni daqiqalarda Respublika “Hunarmand” uyushmasida Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev O‘zbekiston Respublikasida Konstitusiya bo‘yicha o‘tkaziladigan Referendumiga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Polsha delegasiyasi a’zosi “Polsha-Aziya” Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinski bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev mamlakatimizda hunarmandchilikka berilgan e’tibor, hunarmandlarga yaratilgan preferensiyalar va xalqaro hamkorlik hamda kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro festival va ko‘rgazmalar haqida gapirib berdi. Shuningdek, bugungi kunda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan xunarmandchilik mahsulotlarini ichki bozorda balki xalqaro bozorda ham xaridorligini aytdi va onlayn savdoga ham katta e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Author: Uyushma axborot xizmati