Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali yakunlari haqida

Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali yakunlari haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2021 yil 29 apreldagi PQ–5098-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qaroriga muvofiq joriy yilning 21–25 may kunlari Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali va uning doirasida…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2021 yil 29 apreldagi PQ–5098-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qaroriga muvofiq joriy yilning 21–25 may kunlari Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali va uning doirasida kashtado‘zlik san’ati xalqaro festivali ham o‘tkazildi.

Festivalda 58 dan ortiq davlatdan 221 nafar xorijiy mehmonlar, shundan, (120 nafar hunarmand: 34 nafari zargar, 86 nafari zardo‘z,  20 nafari konferensiya ishtirokchilari, 15 nafar xorijiy OAV vakillari, 25 nafar WCC, 13 nafar faxriy mehmon hamda 28 nafar Bayerlar shu bilan birga respublikamizning 14 hududidan 288 nafardan ortiq hunarmand)lar ishtirok etdi.


Festival dasturi doirasida:
– 22 may kuni “An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik, kashtado‘zlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman gibrid shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda 22 davlatdan 33 nafar xorijlik va 20 nafar mahalliy olim, shuningdek, 9 davlatdan 11 nafar xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi. Konferensiya davomida 30 nafar xorijiy, 

60 nafar mahalliy ma’ruzachilar zargarlik, zardo‘zlik va kashtado‘zlik san’ati tarixi, xalqlar orasida ommalashishi, milliy qadriyat va an’analarni vaqt davomida saqlab qolish, iqtisodiyot rivojiga qo‘shgan hissasi xususida  so‘z yuritdilar;

– Ko‘kaldosh madrasasida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali dasturidan o‘rin olgan «Bukhara fashions days» maxsus modalar namoyishi tashkil etildi. Unda, 13 nafar dizayner shundan, 7 nafari xalqaro (1 nafar Turkiya, 1 nafar Qozog‘iston, 2 nafar  Qirg‘iziston, 2 nafar Tojikiston) 6 nafari O‘zbekistonlik dizaynerlar o‘z chiqishlari bilan tadbirni boyitdilar; 

– 23 may kuni Buxoro shahrida zardo‘z Mahfuza Salimovaning umumiy qiymati 4,5 mlrd.so‘mdan iborat “Malika Sulton zardo‘zlik va hunarmandchilik markazi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Markazda 2022 yilda 502 ming AQSH dollari miqdoridagi zardo‘zlik mahsulotlari (AQSH, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) eksport qilinib, 100 ta ish o‘rni yaratiladi;

– Festival so‘nggida Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Kaddumi tomonidan Buxoro shahriga “Jahon hunarmandlar shahri” maqomi berilgani to‘g‘risidagi sertifikat taqdim qilindi;

– Festival davomida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma-savdoda mahalliy hunarmandlar tomonidan 3 mlrd. 236 mln so‘mlik, xorijlik hunarmandlar tomonidan 110 ming AQSH dollari miqdoridagi hunarmandchilik mahsulotlari  savdosi amalga oshirildi;

– 24 may kuni “Ark” maydoni hududida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivalining tantanali yopilish marosimiga bag‘ishlangan madaniy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Madaniy dastur doirasida ashula va raqs ansambllari, badiiy va etnografik jamoalar, badiiy so‘z ustalaridan iborat 1000 nafardan ortiq san’atkorlar festivalga tashrif buyurgan 2500 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun konsert dasturlarini namoyish etishdi.

Ko‘rik tanlov yakunlariga ko‘ra 12 ta nominasiya bo‘yicha 41 nafar xorijiy va mahalliy hunarmandlar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, Respublika AT “Xalq banki” tomonidan 100 mln. so‘m miqdorida 18 nafar kashtado‘z hunarmandlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Author: Uyushma axborot xizmati