Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Uyushma raisi Xiva shahrida yangi kulolchilik markazini qurayotgan hunarmand kulol Dilnoza Otajonova bilan suhbatlashdi

Uyushma raisi Xiva shahrida yangi kulolchilik markazini qurayotgan hunarmand kulol Dilnoza Otajonova bilan suhbatlashdi

Xabar berganimizdek, “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatida xizmat safarida. 27 fevral kuni Uyushma raisi Xiva shahrida o‘z mablag‘lari asosida yangi kulolchilik markazini qurayotgan hunarmand kulol Dilnoza Otajonova bilan suhbatlashish va ushbu markazni ko‘rib takliflarini berish maqsadida uchrashdi. Suhbat davomida ushbu markazda Uyushma mablag‘i asosida 4 ta kulolchilik uskunasi berilishini Uyushma raisi gapirdi. Shuningdek,…

Xabar berganimizdek, “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev Xorazm viloyatida xizmat safarida. 27 fevral kuni Uyushma raisi Xiva shahrida o‘z mablag‘lari asosida yangi kulolchilik markazini qurayotgan hunarmand kulol Dilnoza Otajonova bilan suhbatlashish va ushbu markazni ko‘rib takliflarini berish maqsadida uchrashdi.

Suhbat davomida ushbu markazda Uyushma mablag‘i asosida 4 ta kulolchilik uskunasi berilishini Uyushma raisi gapirdi. Shuningdek, Ulug‘bek Abdullayev ushbu markaz ochilishini joriy yil aprel oyida Yangiraiq tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan kulolchilik ko‘rgazma savdo doirasida o‘tkazish taklifini berdi va ko‘rgazma savdoga kelgan mehmonlar ushbu markaz ochilishiga ham taklif etilishi aytdi. Aytish lohimki, ushbu markazda usta-shogird an’analari asosida 50 nafar fuqarolar, ular ichida yoshlar , xotin-qizlar ham bor hunarga jalb etilib, ish bilan ta’minlanadi.

Author: Uyushma axborot xizmati