Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > G’ijduvon kulolchilik maktabi an’analarini davom ettirib kelayotgan usta kulol Abdulla Narzullayev bilan suhbat

G’ijduvon kulolchilik maktabi an’analarini davom ettirib kelayotgan usta kulol Abdulla Narzullayev bilan suhbat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Narzullayev Abdullo Ibodullayevich «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Aytish lozimki, Abdullo Narzullayev yaratgan kulolchilik buyumlariga mahalliy va chet ellik ixlosmandlarda katta qiziqish ortib, milliy san’at namunasi sifatida yuqori baho berilgan. U 100 ga yakin xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etgan va…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Narzullayev Abdullo Ibodullayevich «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Aytish lozimki, Abdullo Narzullayev yaratgan kulolchilik buyumlariga mahalliy va chet ellik ixlosmandlarda katta qiziqish ortib, milliy san’at namunasi sifatida yuqori baho berilgan. U 100 ga yakin xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etgan va ishtirok etib kelmoqda.

Abdulla Narzullayev 1963 yil 22 oktyabrda Buxoro viloyatining Gʻijduvon shahrida hunarmand oilasida tug‘ilgan.1990 yilda Buxoro Davlat Pedagogika institutini tugatgan.

Abdulla Narzullayev-Gʻijduvon kulolchilik maktabi an’analarining davomchisi, Narzullayevlar sulolasining oltinchi avlod vakili.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra   Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyati Narzullayev Abdullo Ibodullayevich «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Abdullo Narzullayev yaratgan kulolchilik buyumlariga mahalliy va chet ellik ixlosmandlarda katta qiziqish ortib, milliy san’at namunasi sifatida yuqori baho berilgan. U 100 ga yakin xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda muvafaqqiyatli ishtirok etgan va ishtirok etib kelmoqda. 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akdemiyasiga a’zo bo‘lgan.1997 yildan buyon esa O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi.

– 6-7 yoshimdan boshlab otam, mashhur kulol, usta Ibodullo Narzullayevdan kulolchilik sirlarini o‘rganganman,-deydi A.Narzullayev-Hozirgi kunda saralangan ijodiy asarlarim dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida, jumladan: AQSH, Buyuk Britaniya, Gresiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Pokiston, Shveysariya, Avstriya va boshqa qator davlatlarda namoyish etib kelinmoqda.-Ishqor siri tayyorlash texnologiyasi bir necha yillardan beri yo‘qolib, Gʻijduvonda ustalar deyarli bunday sirni qo‘llamay qo‘ygan bir paytda 10 yillik  izlanishlarim va tajriba natijasida Gʻijduvon an’anaviy kulolchiligi maktabida yana ishqor siri qo‘llanila boshlandi. Hozirda o‘nlab shogirdlari bilan yangi-yangi asarlar yaratib kelmoqdamiz.

Abdullo Narzullayev qadimiy naqshlardan bo‘lmish “Mehrobi”, “Parragul”, “Madohil”, “Lo‘ndagul”, “Doiragul”, “Se doira”, “Dastagul”, “Du doira”, “Guli bodom”, “Dumi burgut”, “Dumi murg‘”, “Morak” kabi naqsh gullarini keng qo‘llaydi.

Abdulla Narzullayev tomonidan tashkil etilgan Usto Ibodullo Narzullayev nomidagi Milliy kulolchilik muzeyida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kulolchilik markazlaridan olib kelingan kulolchilik asarlari namunalari mavjud. Muzey majmuasi xalqaro sayyohlik dasturiga kiritilgan.

Ayni vaktda 50 dan ortik shakllar, 100 dan ortiq an’anaviy naqshlardan foydalanib kelmoqda. Asarlaridan namunalar respublika va xorijiy davlatlar muzeylari va shaxsiy to‘plamlarda saqlanadi. Abdullo Narzullayevning farzandlari Dilnoza, Akmaljon, Mahfuzabonular hozirda Narzullayevlar sulolasining 7-avlod vakillari sifatida otasining ishlarini davom ettirib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati