Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > USTA-SHOGIRD AN’ANASI – HAM TA’LIM, HAM DAROMAD Karmana tumanida hunar o‘rganish o‘quv kursi tashkil etildi

USTA-SHOGIRD AN’ANASI – HAM TA’LIM, HAM DAROMAD Karmana tumanida hunar o‘rganish o‘quv kursi tashkil etildi

         Mamlakatimizda hunarmandlik azaldan yaxshi rivojlangan. Bolalikdan hunar o‘rganish, yaratgan mahsuloti va mehnati bilan odamlarga naf keltirish xalqimizning milliy qadriyatiga aylangan. Usta-shogird an’anasi asosida bu jarayonga yoshlarni, xotin-qizlarni jalb etish, hunarmandlarni shogird olish va hunarga o‘rgatishga rag‘batlantirish, yosh hunarmandlarga faoliyatini boshlashda har tomonlama ko‘maklashish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi bir qator amaliy loyihalarni amalga oshirmoqdda.          Bu…

         Mamlakatimizda hunarmandlik azaldan yaxshi rivojlangan. Bolalikdan hunar o‘rganish, yaratgan mahsuloti va mehnati bilan odamlarga naf keltirish xalqimizning milliy qadriyatiga aylangan. Usta-shogird an’anasi asosida bu jarayonga yoshlarni, xotin-qizlarni jalb etish, hunarmandlarni shogird olish va hunarga o‘rgatishga rag‘batlantirish, yosh hunarmandlarga faoliyatini boshlashda har tomonlama ko‘maklashish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi bir qator amaliy loyihalarni amalga oshirmoqdda.

         Bu borada joriy yilning boshida “2020 yilda barcha viloyatlarda xotin-qizlar uchun hunarmandchilikning turlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”  uyushmaning buyrug‘i asosida joylarda ish olib borilmoqda.

         2020 yilning sentyabr oyidan Navoiy viloyatining Karmana tumanida hunarmandchilikning milliy liboslar tayyorlash faoliyati bo‘yicha ikki oylik o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu o‘quv kursini Karmana tumnida milliy liboslar tayyorlash yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan usta hunarmand Sanobar Jo‘rayeva olib bormoqda. Mazkur o‘quv kursida 10 nafar ishsiz xotin-qizlar jalb etilgan.

         O‘quv mashg‘ulotlari dasturi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur dastur orqali usta hunarmand Sanobar Jo‘rayeva tomonidan milliy liboslar tikish, bichish sir asrorlari, turli turdagi milliy liboslar tikish jarayonlari to‘g‘risida tushuntirishlar berib borilmoqda.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati