Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > “An’anaviy o‘zbek kulollar klubi”ni tashkil etish to‘g‘risida videokonferensiya usulida yig‘ilish o‘tkazildi

“An’anaviy o‘zbek kulollar klubi”ni tashkil etish to‘g‘risida videokonferensiya usulida yig‘ilish o‘tkazildi

            Joriy yilning 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi boshchiligida “An’anaviy o‘zbek kulollar klubi”ni tashkil etish to‘g‘risida videokonferensiya usulida yig‘ilish o‘tkazildi va yig‘ilishni U.yushma raisining o‘rinbosari Aziz Murtazoyev olib bordi.             Tadbirda usta kulollar Mirzabaxrom Abduvaxobov, Abdulla Narzullayev, Alisher Narzullayev, Alisher Raximov, Alisher Nazirovlar ishtirok etdilar.             Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil…

            Joriy yilning 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi boshchiligida “An’anaviy o‘zbek kulollar klubi”ni tashkil etish to‘g‘risida videokonferensiya usulida yig‘ilish o‘tkazildi va yig‘ilishni U.yushma raisining o‘rinbosari Aziz Murtazoyev olib bordi.

            Tadbirda usta kulollar Mirzabaxrom Abduvaxobov, Abdulla Narzullayev, Alisher Narzullayev, Alisher Raximov, Alisher Nazirovlar ishtirok etdilar.

            Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyuldagi 24/1-1411-son “Kulolchilik, uzumchilik, anorchilik va ko‘chatchilik mahsulotlari eksport hajmini oshirish hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”, shuningdek “An’anaviy o‘zbek kulollar klubi”ni tashkil etish, nomlash va uni nizomini ishlab chiqish masalasi qo‘yildi.

            Yig‘ilish ishtirokchilari so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyuldagi 24/1-1411-son “Kulolchilik, uzumchilik, anorchilik va ko‘chatchilik mahsulotlari eksport hajmini oshirish hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” topshirig‘i bo‘yicha Respublika “Hunarmand” uyushmasi boshchiligida “kulollar klubi”ni tashkil qilish va uni xalqaro kulolchilik forumlari (gildiya)ga a’zo qilinishini muhokama qildilar.

            Kulollar klubiga nom berish yuzasidan A.Murtazayev, A.Narzullayev, A.Rahimov, A.Nazirov va boshqa ishtirokchilar fikrlari eshitildi. “An’anaviy o‘zbek kulollar klubi”, “An’anaviy o‘zbek kulollar kengashi”, “An’anaviy o‘zbek kulollar gildiyasi” kabi takliflar o‘rtaga tashlandi va joriy yilning 25 sentabri kuniga qadar qayta ko‘rib chiqish uchun qaror qabul qilindi.

            Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar bilan birgalikda Kulollar klubi 2 qismga; uch kishidan (bir nafar “Hunarmand” uyushmasining vakili, ikki nafar usta kulol) iborat bo‘lgan Tashkiliy boshqaruv kengashi va Besh kishidan (bir nafar san’atshunos, to‘rt nafar usta kulol) iborat bo‘lgan Maslahat kengashidan tashkil topishi tasdiqlandi, Maslahat kengashiga respublikamizning har bir kulolchilik rivojlangan hududidan bir nafardan nomzod saylanishiga kelishildi.

Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati