Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voya­ga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-muallimlarning o‘rni juda muhim.  Fidoyi, zahmatkash muallim-o‘qituvchilar o‘z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib boradi. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan…

Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voya­ga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-muallimlarning o‘rni juda muhim. 

Fidoyi, zahmatkash muallim-o‘qituvchilar o‘z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib boradi. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaf­fa­qi­yatlari zamirida avvalo, aziz ustozlarning zahmatli meh­natlari mujassam. 

Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilinganligi mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ming-minglab o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir.

yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o‘qituvchi-murabbiylar timsolida ertangi kunimizning porloq kelajagini, Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi o‘g‘il-qizlarimiz baxtini ko‘ramiz. Yuragi g‘ayrat-shijoatga to‘la, yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi mas’uliyatli vazifani o‘z zimmalariga olgan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz. 

Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar! 

Barchangizni O‘qituvchi va murab­biylar kuni bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli meh­natingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo‘lishini tilayman.

Author: Uyushma axborot xizmati