Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Feruza Yakubova Xalq amaliy san’ati ustasi

Feruza Yakubova Xalq amaliy san’ati ustasi

Bir qator Xalqaro modelyer-dizaynerlar uyushmalari a’zosi. Milliy liboslar ustasi, xalqaro toifaddagi dizayner. Joriy yilning 18 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini ommaviy axborot vositalari orqali ko‘rdim, eshitdim va o‘qidim. Muloqot menga katta taassurot qoldirdi. Chunki men ham bugungi kunda o‘zbek milliy qadryatlarini dunyoga tanitishda o‘zimni biznesimda o‘zbek brendimni tanitishda hunarmand va dizayner…

Bir qator Xalqaro modelyer-dizaynerlar uyushmalari a’zosi. Milliy liboslar ustasi, xalqaro toifaddagi dizayner. Joriy yilning 18 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini ommaviy axborot vositalari orqali ko‘rdim, eshitdim va o‘qidim. Muloqot menga katta taassurot qoldirdi. Chunki men ham bugungi kunda o‘zbek milliy qadryatlarini dunyoga tanitishda o‘zimni biznesimda o‘zbek brendimni tanitishda hunarmand va dizayner sifatida ish olib bormoqdaman.

O‘zimni kichik biznesimni yanada rivojlantirib, dunyoda milliy liboslarimizning bor mahobatini, chiroyini, qadryatlarini yanada keng tanitmoqchiman. Davlatimiz rahbari muloqotdagi ma’ruzasida beshta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdilar. Birinchisi – bu kichik biznesga yangi imkoniyatlar. Bunda soha vakillarini tadbirkorlikka o‘qitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish bo‘yicha yaxlit ekotizim yaratilishi qayd etildi. Ikkinchi yo‘nalish doirasida o‘rta biznesga oid tashabbuslar ilgari surildi.
Uchinchi yo‘nalish yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirishdan iborat. To‘rtinchi yo‘nalish – yuqori daromadli korxonalarni ko‘paytirish. Beshinchi yo‘nalish soliq ma’murchiligini soddalashtirish, byurokratiyani yo‘q qilish masalalariga qaratildi.

Author: Uyushma axborot xizmati