Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > Bugungi kunda Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini yuqori saviyada o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Bugungi kunda Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini yuqori saviyada o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Jumladan, xorijiy mehmonlar va festival ishtirokchilari tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan tarixiy obidalar, Qo‘qon milliy hunarmandchiligi namoyondalarining uy ustaxonalari, madaniy dam olish maskani festival ishtirokchilari va mehmonlar tashrifi uchun tayyorlanmoqda. Festival tadbirlarini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, usta…

Jumladan, xorijiy mehmonlar va festival ishtirokchilari tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan tarixiy obidalar, Qo‘qon milliy hunarmandchiligi namoyondalarining uy ustaxonalari, madaniy dam olish maskani festival ishtirokchilari va mehmonlar tashrifi uchun tayyorlanmoqda. Festival tadbirlarini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, usta hunarmandlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh san’atkorlar jalb etilgan.

Shuningdek, yuqorida qayd etilganidek Ikkinchi “Xalqaro hunarmandchilik festivali” va unga uyg‘un holda Rishton tumanida “Xalqaro kulolchilik forumi” o‘tkaziladi. Hunarmand uyushmasi tomonidan Forum rasmiy veb-sayti ceramicforum.uz yaratildi va ushbu sayt orqali Forumda ishtirok etishni istagan kulollar, soha olimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ariza berib ishtirok etish istagini bildirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati