Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > 2020 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilgi rejalar bo‘yicha videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi

2020 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilgi rejalar bo‘yicha videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilgi rejalar bo‘yicha videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi. Bugun joriy yilning 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2021 yil rejalar bo‘yicha videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ma’ruza…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilgi rejalar bo‘yicha videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi.

Bugun joriy yilning 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2021 yil rejalar bo‘yicha videoselektor tarzida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ma’ruza qildi.

Videoselektor yig‘ilishida “Hunarmand” uyushmasi raisi, rais o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, viloyat boshqarma , tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

2020 moliyaviy yil uchun Respublika bo‘yicha belgilangan tushum rejasi 91,6% ga bajarilgan. Respublika bo‘yicha ushbu tushum rejasi faqat 2 viloyat Buxoro viloyati 97% (Qorovul bozor 64 % va Buxoro shaxar 81 % va Toshkent shahar 79,% (Bektemir va Yashnobod tumanlari) boshqarmalari hisobiga bajarilmagan.

Shuningdek jami 140 ta tuman tushum rejasini oshig‘i bilan bajargan bo‘lsa, 45ta tumanda bu ko‘rsatkich qoniqarli 12ta tumanda esa ko‘rsatkichlar qoniqarsiz yakunlangan. Jumladan: Kattaqo‘rgon, Tomdi, Taxyotash tumanlari va Bekobod shahar 60% bo‘lsa, Ohangaron tuman 50%, Konimex tuman 31% Qorao‘zak tuman 28% Zarafshon shahar 21% Yangiyo‘l shahar 10% hamda Ohangaron shahar tushum rejasini bor yo‘g‘i 7%ga yetkazgan.

Shuningdek ushbu yo‘nalishda juda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tumanlarz ham bor, bulardan eng yaxshi 10 talikka kirgan tumanlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.Jumladan, Xonabod shahar 708 %, Oqoltin tumani 619 %, Bo‘z tumani 612 %, Termiz tumani 521 %, Paxtaobod shahar 475 %, Paxtakor tumani 445 %, Zafarobod 403 %, Chortok tumani 402 %, Uchqo‘rg‘on tumani 389 % va Zarbdor tumani 370 % bilan o‘z rejalarini ortig‘i bilan bajargan.

Farmonga qadar “Hunarmand” uyushmasiga a’zolar soni

9823nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni qariyb 4 barobarga oshdi va 38 247 nafarga yetkazildi. A’zo hunarmandlarning 22,2ming nafari (58,3 foizi) erkaklar, 15,8ming nafari (41,7 foizi) ayollar, shuningdek ularning 14,1ming nafari (37,1 foizi)ni yoshlartashkil etadi.

Usta-hunarmand va shogirdlar hisobiga 167mingdan ortiq (shundan, usta-hanarmandlar hisobiga – 59,6mingta va shogirdlar hisobiga– 107,3mingta) ish o‘rinlari yaratildi.

“Hunarmand” uyushmasining 2020 yil 16 yanvardagi 07 F-sonli “2020 yilda barcha viloyatlarda xotin-qizlar uchun hunarmandchilikning turlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini Qoraqalpog‘iston Republikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyati boshqarma va tegishli bo‘limlari to‘liq ijro etdi. Andijon, Jizzax, Xorazm viloyat boshqarmalari ijroda sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Buxoro viloyat boshqarmasi o‘z vaqtida ma’lumot va tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan

Joriy yilda jami a’zo hunarmandlar hisobiga 27 039 ta, shogirdlar hisobiga 54 225 ta, jami 81 264 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilning 15 dekabr xolatiga tijorat banklari tomonidan 17 259ta hunarmandchilik loyihalariga 533,6 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi.

Videoselektor so‘ngida Uyushma rahbari joriy yilda eng faol, tashabbuskor namunali tuman bo‘lim boshliqlari Uyushma tomonidan taqdirlanganligini e’lon qildi. Diplom va mukofotlarga ega bo‘lgan xodimlar kelgusida yanada mas’uliyat bilan ishlashlari haqida gpririb minnatdorchilik bildirdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati