Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent shahar > Toshkent shahar prokurori yoshlar bilan uchrashdi

Toshkent shahar prokurori yoshlar bilan uchrashdi

2020-yil 15-yanvarda Toshkent shahar Sirg‘ali tuman hokimiyatining majlislar zalida Toshkent shahar prokurori Valiev Bahriddin Bahodirovichning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar va Sergeli tumani prokuraturasi mas’ul xodimlari, tuman hokimi va IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri va 200 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiev yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.
Tadbirga taklif etilgan taniqli o‘zbek milliy akademik dramma teatrining aktyorlari, elimiz suygan san’atkorlar so‘zga chiqib, yoshlarga turli sohalarda erishgan yutuqlari uchun fahriy yorliq va Toshkent shahar prokuraturasining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbirda yosh hunarmandlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilikning milliy liboslar, oddiy metallardan yasalgan milliy taqinchoqlar, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi.

«Hunarmand» uyushmasining
Toshkent shahar boshqarmasi

Author: Uyushma axborot xizmati