Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Navoiy shahrida tikuvchilik hunariga qiziqqan qizlar uchun mahorat darslari o‘tkazilmoqda

Navoiy shahrida tikuvchilik hunariga qiziqqan qizlar uchun mahorat darslari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida «Hunarmand» uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yo‘nalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar mohir hunarmandlar bilan birgalikda tushuntirilmoqda, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.
«Hunarmand» uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi 7-son umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchi-qizlari bilan hunarmand uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda Navoiy shahrida Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar faoliyati bo‘yicha uyushma a’zosi Mavjuda Jalolova ishtirok etdi. Uchrashuvda hunarmand M.Jalolova o‘z hunar sir-asrorlari, tikuvchilik hunari qizlarga kerakligi haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birgalikda hunarmand tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati