Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Toshkent davlat pedagogika universitetida “YANGI O‘ZBEKISTONNING FAOL VA TASHABBUSKOR QIZLARI” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat pedagogika universitetida “YANGI O‘ZBEKISTONNING FAOL VA TASHABBUSKOR QIZLARI” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash vazifasi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi, 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash vazifasi belgilab berilgan.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “YANGI O‘ZBEKISTONNING FAOL VA TASHABBUSKOR QIZLARI” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, talaba qizlarning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavzusida seminar o‘tkazildi.


Semenarda hunarmand xotin-qizlar tomonidan ko‘rgazma va mahorat darslari namoyish etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati