Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi

1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi

Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi…

Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim siljishlardan biri bo‘lib, ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.

“Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandalar ham o‘z hunarmandchilik mahsulotlarida tilimizni madh etuvchi she’rlarni aks ettirishga harakat qilmaqdalar.

Author: Uyushma axborot xizmati