Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Toshkent viloyati Zangiota tuman 42-son manzilli koloniyasida xotin-qizlar uchun hunar kursi tashkil etildi

Toshkent viloyati Zangiota tuman 42-son manzilli koloniyasida xotin-qizlar uchun hunar kursi tashkil etildi

       Mamlakatimizda ijtimoiy ogʼir vaziyatdagi ayollarga tibbiy, moddiy va huquqiy jihatdan yordam koʼrsatish, jinoyat koʼchasiga bilib-bilmay kirib qolgan ayollarni sogʼlom turmush tarziga yoʼnaltirish borasida tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning beshinchi yoʼnalishi xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish,- deb belgilangan. Ushbu yoʼnalishda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tuman 42-son manzilli koloniyasida xotin-qizlar uchun hunarmandchilikning chinni, fayans va sopol buyumlari yoʼnalishi boʼyicha oʼquv kursi tashkil qilindi. Oʼquv kursida tajribali hunarmand Matluba Umarova usta-shogird anʼanasi asosida xotin-qizlarga hunar oʼrgatdi.
Ushbu kursda 15 nafar xotin-qizlar hunar oʼrgandi va bugungi kunda turli xildagi esdalik buyumlari tayyorlamoqda.
                                                                                                                                                                                                                                                                                                                     Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati