O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan hunarmand uyushmasi a’zolari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Taqdirlanganlar orasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari ham bor. Farmonga ko‘ra: «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan Djumayev Baxshillo Shirinovich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi,…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Taqdirlanganlar orasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari ham bor. Farmonga ko‘ra: «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan Djumayev Baxshillo Shirinovich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, zardo‘z-usta, Buxoro viloyati taqdirlandi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan Kayumova Adinaxon Zakirovna – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati taqdirlandi. «Do‘stlik» ordeni bilan Azimov Sharif Tursunovich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Samarqand viloyati taqdirlandi. Israilov Anvar Shavkatovich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, naqqosh, miniatyurachi rassom, Toshkent shahri taqdirlandi. Quchqorova Muhabbat Uzoqovna – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kashtado‘z, Buxoro viloyati taqdirlandi. «Shuhrat» medali bilan Masharipov Odamboy Vapayevich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Xorazm viloyati taqdirlandi. Soxibnazarov San’atillo Nasrulloyevich – Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati taqdirlandi. Faxriy unvonlar bilan taqdirlangan qo‘li gul hunarmandlarni “Hunarmand” uyushmasi a’zolari va jamoasi nomidan tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz.

Author: Uyushma axborot xizmati