Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Sirdaryoliklar – tadbirkor va hunarmandlar siz bilan birga!” aktsiyasi doirasida tashkil topgan «Sahovat karvoni» Sirdaryo viloyatiga joʼnatildi

“Sirdaryoliklar – tadbirkor va hunarmandlar siz bilan birga!” aktsiyasi doirasida tashkil topgan «Sahovat karvoni» Sirdaryo viloyatiga joʼnatildi

Bugun, 6 may kuni Oʼzbekiston Savdo – sanoat palatasi, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Sirdaryoliklar – tadbirkor va hunarmandlar siz bilan birga!” aktsiyasi doirasida tashkil topgan uchta yuk mashinasi «Sahovat karvoni» Sirdaryo viloyatiga joʼnatildi
Mehr-oqibat, bir-birini qoʼllab-quvvatlash xalqimizga xos anʼanalardir. Xalqimiz boshiga jiddiy sinovlar tushgan shu kunlarda yurtimiz aholisi bir yoqadan bosh chiqargan holda bu musibatlarga qarshi birlashmoqda.
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat ham xalqimizni bir maqsad yoʼlida birlashtirdi. Bu fojea Oʼzbekiston Savdo- sanoat palatasi, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, rahbar va xodimlarini hamda tadbirkor va hunarmandlarni befarq qoldirgani yoʼq.
Shu munosabat Oʼzbekiston Savdo – sanoat palatasi Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Sirdaryoliklar – tadbirkor va hunarmandlar siz bilan birga!” aktsiyasi doirasida 150 mln. soʼmlik insonparvarlik yordami tayyorlandi.
Bunda tabiiy ofat asoratlarini tozalash va qayta tiklash ishlari uchun zaruriy ish qurollari (ketmon, kurak, chelak, bolta, tesha va boshqalar) hamda suv toshqinidan aziyat chekkan xalqimizga yangi uy-roʼzgʼor jihozlari (elak, taxta-uqlogʼi, juva, choynak-piyola, boshqalar) bir soʼz bilan aytganda qurilish va tomarqa ishlariga hamda uy roʼzgʼor uchun zarur jihozlar (hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar) tayyorlandi. Аytish kerakki sahovatpesha hunarmandlar bolalar va kattalar ustki kiyimlari, koʼrpa-toʼshak va yostiqlar, oyoq-kiyim, gigiena vositalari, bolalar oʼyinchoqlarini ham olib kelishdi.

 

Uyushma Аxborot xizmati

 

I am text block. Click edit button to change this text. Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Author: Uyushma axborot xizmati