Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida ustoz hunarmandlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida ustoz hunarmandlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi

Joriy yilning 2-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida ustoz hunarmandlar, xalq ustalari – Sirojiddin Rahmatullayev (yog‘och o‘ymakor) va Fasihiddin Dadamuhammedov (zargar)larning 70 yillik yubiley kechasi hamda ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda san’atshunos olimlar, ikkala ustoz-hunarmandning yaqinlari, shogirdlari va OAV vakillari, shuningdek, Respublika “Hunarmand” uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Ch.Shodiyev ham ishtirok etib, Uyushma raisining…

Joriy yilning 2-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida ustoz hunarmandlar, xalq ustalari – Sirojiddin Rahmatullayev (yog‘och o‘ymakor) va Fasihiddin Dadamuhammedov (zargar)larning 70 yillik yubiley kechasi hamda ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda san’atshunos olimlar, ikkala ustoz-hunarmandning yaqinlari, shogirdlari va OAV vakillari, shuningdek, Respublika “Hunarmand” uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Ch.Shodiyev ham ishtirok etib, Uyushma raisining tabriknomasi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati