Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Sirdaryoliklar – hunarmandlar siz bilan birga!”

“Sirdaryoliklar – hunarmandlar siz bilan birga!”

“Hunarmand” uyushmasi va barcha xayrixoh hunarmandlar Sardobadagi favqulodda hodisa sabab aziyat yetgan xalqimizga oʼz yordamlarini berish maqsadida “Sirdaryoliklar – hunarmandlar siz bilan birga!” aktsiyasini eʼlon qiladi.
Аktsiya doirasida respublika “Hunarmand” uyushmasi, Uyushmaning viloyat boshqarmalari va koʼngilli saxovatpesha xunarmandlar tabiiy ofat asoratlarini tozalash va qayta tiklash ishlari uchun zaruriy ish qurollari (ketmon, kurak, chelak, bolta, tesha va boshqalar) hamda suv toshqinidan aziyat chekkan xalqimizga yangi uy-roʼzgʼor jihozlari (elak, taxta-uqlogʼi, juva, choynak-piyola, surup matolar va boshqalar) tez orada yetkazib beradilar.
Uyushma va saxovatli insonlar oʼz imkonlaridan kelib chiqib, ajratgan ehson mablagʼlaridan hunarmandlardan ushbu zaruriy ashyo, buyum va vositalarni sotib oladi.
Ushbu savobli ishga oʼz hissasini qoʼshmoqchi boʼlgan hunarmandlarni aktsiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Faqat ish qurollari va yangi uy-roʼzgʼor jihozlari “Hunarmand” uyushmasining barcha viloyat boʼlimlari va quyidagi manzilda yigʼiladi:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Doʼmbirobod koʼchasi 74-uy

1-chi karvon 6 may, chorshanba kuni
Sirdaryoga joʼnab ketadi.

Murojaat uchun:

Telefon: +99871 2798088
+99890 9871751

Telegrammda: https://t.me/hunarmandyordami

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati