Kamola Oqilova

Yurtimizda madaniyat, sanʼat, hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishga oʼz hissasini qoʼshayotgan yirik madaniyat va sanʼat arbobi. Kamola Oqilova madaniyat, sanʼat, shu jumladan xalq amaliy sanʼatining turli sohalarida oʼziga xos nafislik, keng dunyoqarash va chuqur ilmiy mulohazlari bilan tahlil qiladigan sanʼatshunos olima hamdir. Madaniyat vaziri oʼrinbosari, sanʼatshunoslik doktori Kamola Oqilovaning faoliyatiga ulkan zafarlar tilagan holda tavallud topgan kunlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Kamola Oqilovaga sogʼlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi

Author: Uyushma axborot xizmati