Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Nima uchun aynan bugun konstitusiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda? 

“Nima uchun aynan bugun konstitusiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda? 

Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Nima uchun aynan bugun konstitusiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda?  Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto ba’zi olimlarimiz ham Konstitusiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda.  To‘g‘ri, Konstitusiyamiz xorijiy ilg‘or tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q.  Men amaldagi Asosiy…

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Nima uchun aynan bugun konstitusiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda? 

Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto ba’zi olimlarimiz ham Konstitusiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda. 

To‘g‘ri, Konstitusiyamiz xorijiy ilg‘or tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. 

Men amaldagi Asosiy qonunimizni qabul qilishda ishtirok etgan komissiya a’zosi sifatida oldin ham aytganman: O‘zbekiston Konstitusiyasi mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelmoqda. 

Buni hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Shu bilan birga, bugun shiddatli taraqqiyotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan muhim bir talabni chuqur tushunib olishimiz zarur.

Hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofimizdagi murakkab vaziyat ona Vatanimiz taqdiriga yanada ulkan mas’uliyat bilan yondashib, kechiktirib bo‘lmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda”.

Author: Uyushma axborot xizmati