Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandchilik mahsulotlari Yagona milliy brendi nomini TАNLАNG.

Hunarmandchilik mahsulotlari Yagona milliy brendi nomini TАNLАNG.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-son qarori bilan tasdiqlangan hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi”da belgilangan topshiriqlarning22-bandida Xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendini ishlab chiqish va xalqaro miqyosda tanitish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Ushbu vazifani ijrosini taʼminlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi , «Hunarmand» uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Hozirgi kunda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan brend nomini ishlab chiqish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Nomni ishlab chiqish tovar yoki savdo markasini yaratish jarayonida muhim qismdir. Yaxshi ishlab chiqilgan nom brendning oʼziga xos savdo ustunligini aks ettirishi kerak. Bundan tashqari, nomlash maqsadli auditoriya kutgan natijalarga mos kelishi kerak, ulardan foydalanish qulay va yengil esda qolarli boʼlishi kerak.
Nomlanish quyida keltirilgan bir yoki bir nechta mezonlarga javob berishi kerak:

1. Assotsiativ xususiyatlar: tovar yoki savdo markasi faoliyat koʼrsatadigan hududda maqsadli auditoriya bilan aniq bogʼliqlikka ega boʼlishi kerak. HomeMarket, BahorGullari, GoldenHouse, MilliyTaomlar–kabi nomlar mahsulot va xizmat koʼrsatish turlarini aniq ifodalovchi misollardir.
2.Tez eslab qolish: qisqa va sigʼimli nom, eslab qolishimkonini beradi. Bunday holda, urgʼu maʼno sifatidaemas, balki qisqaroq va kenglikka qaratiladi. Ushbu uslubning yaxshi namunalari – Akfa, Bliss, Beko.
3.Jarangdor eshitilish,bunda vazifa – toʼgʼri soʼz yoki soʼz birikmasini tanlash. Nomi uzoq boʼlishi mumkin, ammo osonroq aytilishi lozim. Goodveen, Farengeyt, Parkwood – yaxshi misol boʼladi.

1. Variant.
HandsofUzbekistan

– Oʼzbekiston qoʼllari – bu assotsiatsion nom boʼlib, u brendning qamrovini mukammal darajada aks ettiradi. U chet elda rivojlanish uchun juda mos keladi va brendni yaratish uchun yaxshi keng maʼnodagi platformaga ega.

2. Variant.
Hunar

– Ushbu nomda Oʼzbekistondagi hunarmandchilikning yoʼnalishlarini mujassamlashtirilgan xolda brendning vizual ishlashida hunarmandning identifikatori boʼlishi mumkin va uning vizual uslubida aniqlanishi mumkin.

3. Variant.
UzbekCraftsmen

– Nomlashning yana bir varianti brendning faoliyat turini toʼgʼridan-toʼgʼri ochib beradigan va xalqaro auditoriyani jalb qilishga yoʼnaltirilgan milliy brend sifatida joylashtirilishi mumkin.

4. Variant.
HunarMade

– Qisqartma shaklda, qoʼl bilan yoki hunarmand tomonidan yasalgan maʼnosini anglatadi.Talaffuzda Hunarmand soʼziga yaqin bogʼlanishi mumkin.
Kelgusida HunarMadeinUzbekistan (Oʼzbekistonda qoʼlda yasalgan degan maʼnoda) yoki hunarmandlar tomonidan HunarMadeby… Ustaning nomi qoʼshilga xolda individual ravishda foydalanib, hunarmandchilik mahsulotlarini markirovka qilishda ishlatish mumkin(masalan, HunarMadeby Alijon Yusupov – Usta AlijonYusupov tomonidan ishlab chiqarilgan). Milliy brend sifatida buni milliy va xalqaro miqyosda tushunish oson.

5. Variant.
Craftchi

– Ikki tilli nomlash inglizcha Craft – “hunarmandchilik” atamasiga asoslangan boʼlib, uzbek tilidan “chi” qoʼshimchasi qoʼshilgan. Birlashtirilganda, bu soʼzlar Craftchi soʼzini hosil qiladi, uning maʼnosi hunarmandchilik bilan shugʼullanadigan kishi, hunarmanddir.Yangi shakllangan ikki tilli tushuncha sifatida foydalanish mumkin.

6. Variant.
 UzCraftsmen
– Ingliz tilidan tarjima qilinganda “Oʼzbekistonlik hunarmandlar” degan maʼnoni anglatadi. Fonetik maʼnoda, bu nom Oʼzbekiston aholisi va ingliz tilida soʼzlashuvchi muhojirlar, sayyohlar va xalqaro hamkorlar tomonidanqulaytalafuz qilinadi.”Uz” ikki harfli kodi ushbu brendda Oʼzbekiston qatnashayotganligini anglatadi.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi soha mutaxassislari bilan birgalikda hozirgi kundaXalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendini ishlab chiqish va xalqaro miqyosda tanitish borasida yuqorida keltirilgan 6 ta variantdan birini tanlashyoki boshqa fikr berish taklif etilyapti.

https://t.me/Yagona_Brend   va   https://t.me/Milliy_brend_2020   guruhiga oʼting.

Marxamat, brend nomini tanlash yoki boshqa taklifberishda faol ishtirok eting!

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati