Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to’g’risida Prezident qaror qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-77-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra: “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzey va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-77-sonli Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:

“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzey va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun yillik 14 foiz stavkada 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million so‘mgachaimtiyozli kreditlar ajratiladi;
– hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
– imtiyozli kreditlar hunarmandning talabi bo‘yicha naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etiladi.

Yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlashi, xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun6 oy davomidabazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
shogirdlarga mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratiladi.

“Hunarmand” uyushmasi a’zolari:
– ijtimoiy soliq stavkasini yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘laydilar;
– faoliyat yuritish joyidan qat’iy nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari, ya’ni elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizasiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti haqiniaholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiradilar.

– Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan savdo pavilonlaritashkil etiladi;
– savdo pavilonlari xorijiy va mahalliy turistlar uchun mo‘ljallangan turistik marshrutlarga kiritiladi;
– Toshkent shahri tumanlari, Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda hunarmandchilik rivojlangan tuman va shaharlardagi davlat xizmatlari markazlari binolarida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va savdo rastalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
– 2022 yildan boshlab har yili “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida “Craft fair Uzbekistan”xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi tashkil etiladi;
– “Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablarini turistik marshrutlarga kiritish choralari ko‘riladi.

– O‘zbekiston Respublikasi xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalarining turizm faoliyatiga ko‘maklashish, jumladan hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish va targ‘ib qilish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlar har olti oyda bir marotaba Oliy Majlis Senatida eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

– Hunarmandlarga har bir hududning milliy urf-odatlari, xalq amaliy san’ati va milliy davlatchilik tarixini o‘zida aks ettirgan va xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadigan muzeylardagi noyob eksponatlar replikasiyalari asosida yangi hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratiladi;
– milliy hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishda elektron tijorat yo‘nalishi orqali sotishga amaliy yordam ko‘rsatiladi;
– hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot qilishlariga ko‘maklashish bo‘yicha har bir hududda tegishli o‘quv kurslari tashkil etiladi;
– hunarmandchilikning yog‘och buyumlar yasash va yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishlari rivojlangan hududlarda zarur bo‘lgan daraxt turlarini ekish va parvarishlash uchun tashabbuskor hunarmandlarga o‘zlashtirilmagan yoki paxtadan bo‘shagan yer maydonlaridan kamida 10 gektardan ajratib beriladi;
– hunarmandlarning mahsulotlari va zarur xomashyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va sotishga mo‘ljallangan “internet do‘kon” onlayn platformasi ishga tushiriladi;
– Tovar-xomashyo birjasida hunarmandchilik sub’yektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan, jumladan mis, oltin, kumush kabi xomashyo turlarini ularning ehtiyojidan kelib chiqib, cheklangan miqdorda xarid qilishga imkonini beradigan alohida savdolar tashkil etish choralari ko‘riladi.

Author: Uyushma axborot xizmati