Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxoro shahrida 5 ta muhim tashabbusning birinchi yoʼnalishi boʼyicha tadbir oʼtkazildi

Buxoro shahrida 5 ta muhim tashabbusning birinchi yoʼnalishi boʼyicha tadbir oʼtkazildi

Joriy yilning 20 fevral kuni “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Buxoro shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi yoʼnalishi boʼyicha tadbir oʼtkazildi. Tadbirda boshqarma xodimlari, faol hunarmandlar ishtirok etdi va hunarmandlarga berilayotgan kreditlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir doirasida Buxoro shahrida faoliyat olib borayotgan 15 nafar hunarmandlar ishtirokida koʼrgazma tashkil etildi.

“Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyat boshqarmasi

Author: Uyushma axborot xizmati