Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘ona viloyatida 2021 yilda 15 ta hunarmandlar markazlari ishga tushirildi

Farg‘ona viloyatida 2021 yilda 15 ta hunarmandlar markazlari ishga tushirildi

Farg‘ona viloyatida 2021 yilda 15 ta Hunarmandlar markazlari ishga tushirildi. Ushbu markazlarda 2000 dan ortiq xotin-qizlarni bandligi ta’minlandi. Mazkur markazlar faolyatini o‘rganish va Andijon viloyatida ham ommalashtirish maqsadida Farg‘ona viloyatiga Andijon viloyati “Tadbirkor ayol” uyushmasi rahbari Nargiza Mirzalimova boshchiligida bir guruh tadbirkor ayollar 2021 yilda tashkil etilgan Hunarmandlar markazlari faoliyati bilan tanishdilar. Tadbirlar yakunida Qo‘shtepa…

Farg‘ona viloyatida 2021 yilda 15 ta Hunarmandlar markazlari ishga tushirildi. Ushbu markazlarda 2000 dan ortiq xotin-qizlarni bandligi ta’minlandi. Mazkur markazlar faolyatini o‘rganish va Andijon viloyatida ham ommalashtirish maqsadida Farg‘ona viloyatiga Andijon viloyati “Tadbirkor ayol” uyushmasi rahbari Nargiza Mirzalimova boshchiligida bir guruh tadbirkor ayollar 2021 yilda tashkil etilgan Hunarmandlar markazlari faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirlar yakunida Qo‘shtepa tumani “Qamishtepa” MFY da tashkil etilgan markazda faoliyat olib boruvchi Ilxom Davletov bilan o‘zaro hamkorlik qilish, 2022 yil yakunigacha Andijon viloyatining uchta hududida markaz tashkil etish va ushbu markazlarda ipak gilam hamda adras va atlas to‘qishni yo‘lga qo‘yishda o‘zaro hamkorlik, farg‘onadan malakali mutaxassislar jalb etish bo‘yicha o‘zaro bitimga kelishildi.

Author: Uyushma axborot xizmati