Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Davron Safoyev xotirasiga bag‘ishlangan «Otam haqida suhbat» deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

Davron Safoyev xotirasiga bag‘ishlangan «Otam haqida suhbat» deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi “Chorsu” san’at galereyasida rangtasvir ustasi Davron Safoyev xotirasiga bag‘ishlab «Otam haqida suhbat» deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar va “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada rassomlar, hunarmandlar, tasviriy san’at ixlosmandlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, musavvir Davron Safoyevning ijodiy xazinasidan tanlangan…

Samarqand shahridagi “Chorsu” san’at galereyasida rangtasvir ustasi Davron Safoyev xotirasiga bag‘ishlab «Otam haqida suhbat» deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar va “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada rassomlar, hunarmandlar, tasviriy san’at ixlosmandlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, musavvir Davron Safoyevning ijodiy xazinasidan tanlangan asarlar, shuningdek, uning izdoshi Bahrom Safoyevning yetmishga yaqin asarlari namoyish etildi. Ular orasida «Buvam ertaklari», «Tog‘ qizi», «Gulsanam», «Buyuk Temur» kabi san’at asarlari kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning may oyigacha davom etadi.

Author: Uyushma axborot xizmati