Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Xiva shahrining “Nurillaboy” tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazining ochilish marosimi o‘tkazildi

Xiva shahrining “Nurillaboy” tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazining ochilish marosimi o‘tkazildi

2021 yil 25 dekabr kuni soat 12.00 da O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Xorazm viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Xiva shahrida “Nurillaboy”tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazining ochilish marosimini o‘tkazildi. “Nurillaboy” tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markaziningochilish marosimidaTurkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbarlari, uyushmaning hududiy boshqarma…

2021 yil 25 dekabr kuni soat 12.00 da O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Xorazm viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Xiva shahrida “Nurillaboy”tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazining ochilish marosimini o‘tkazildi.
“Nurillaboy” tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markaziningochilish marosimidaTurkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbarlari, uyushmaning hududiy boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari, Xorazm viloyat, tuman hokimligi rahbar va xodimlari,fahriy hunarmandlar, xalq amaliy san’ati ustalari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)bilan hamkorlikda Xiva shahrida “Nurillaboy” tarixiy majmuasida 10 taqadimiy hunarmadchilik turini qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Hunarmandchilik markazini tashkil etdi. Yog‘och o‘ymakorligi,chinni-fayans va sopol buyumlari, qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari, kandakorlikbuyumlari, qo‘lda gilam to‘qish, milliy liboslar tayyorlash, kashtachilik, miniatyurava rang tasvir, musiqa asboblari hunar turlarida markazga jalb etilgan har bir hunarmandlar hohishiga ko‘ra kerakli mahsulotlar xomashyo ko‘rinishida 100 mln so‘m miqdorida sotib olib berildi.
Ushbu loyihaning maqsadi yo‘qolib borayotgan hunarmandchilik turlarini qayta tiklash hamda yosh avlodga o‘rgatishdan iborat.
Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining alohida e’tibor va tashabbuslari bilan o‘tgan 5 yilda hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi, shuningdek bu borada qator Farmon va Qarorlari qabul qilindi. Farmon va Qarorlari bilan hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolari soni 4 barobarga oshdi. Shu bilan birga, usta-shogird an’analari rivojlanib, , Respublikada yaratilgan ish o‘rinlari soni 236,8 mingtani tashkil etmoqda, Jumladan Xorazm viloyatida bugungi kunda hunarmandlar soni 4066 nafarni, shogirdlar soni 7751 nafarni, viloyatda yaratilgan ish o‘rinlari soni11817 ming tani tashkil etmoqda.
“Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil etishdan maqsad, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatish. Bu markazlar turistik hududlarga yaqin bo‘lgan joylarga qurilgan, mehmonlar topishi oson bo‘lishi inobatga olingan. Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatishiga xizmat qiladi.
“Nurillaboy”tarixiy majmuasida tashkil etilgan Hunarmandchilik markazi ochilish marosimida hunarmandchilik maktablarining usta hunarmandlari, avloddan – avlodga o‘tib kelayotgan sulola vakillari, xalq ustalarining mahsulotlari ko‘rgazma – savdosi, mahorat darslari namoyishi hamda madaniy qismda ashula va raqs ansambli xonanda, sozanda va raqqosalari ijrosida konsert dasturi kabi tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati