Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Surxondaryo viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 4 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimligi, turizm boshqarmasi vakillari, “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi, tuman (shahar) boʼlim rahbarlari va tajribali hunarmandlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.
Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati