Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mustaqillik yillariga kelib kitobat san’ati bir guruh xattotlarimiz tomonidan qayta tiklandi

Mustaqillik yillariga kelib kitobat san’ati bir guruh xattotlarimiz tomonidan qayta tiklandi

Bunda Habibulla Solih, Sadimjon Badalboyev, Abdulla Mirsoatov, To‘xtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqalarning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qur’onining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa ko‘chirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida; pergamentga ko‘chirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qur’onidan (Sankt-Peterburg va O‘zbekistondagi nusxalari asosida) teriga ko‘chirib nusxa tayyorlagan. …

Bunda Habibulla Solih, Sadimjon Badalboyev, Abdulla Mirsoatov, To‘xtamurod Zufarov, Alisher Shomuhammedov va boshqalarning xizmatlari katta. Jumladan, Habibulla Solih Mushafi Usmon Qur’onining asl nusxasidan pergamentga 3 marta nusxa ko‘chirib tayyorlagan (bir nusxasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida; pergamentga ko‘chirib tayyorlagan yana bir nusxasi Toshkent islom universitetida), Katta Langar Qur’onidan (Sankt-Peterburg va O‘zbekistondagi nusxalari asosida) teriga ko‘chirib nusxa tayyorlagan. 

Habibulla Solih 1998 yilda Istanbulda o‘tkazilgan Xalqaro xattotlar bellashuvida «Devoniy» xat uslubi bo‘yicha kuchli o‘nlikdan o‘rin oldi; 1999 yilda xattotlikda yangi tarz (naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf qilib bu sohada yangilik) yaratgani uchun Lohurdagi Xalqaro xattotlar bellashuvida «Parvin raqam» unvoniga sazovor bo‘ldi. Abdulaziz Mansurov, Islom Mamatov, Salimjon Badalboyev, Gʻafurjon Haqberdiyev va boshqalar bugungi kundagi eng mashhur xattotlardir.

Xattotlik hozirgi kunda ToshkentDavlat sharqshunoslik instituti, Toshkent islom universiteti, Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘rgatiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati