Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Dunyoga tanilgan hunarmand

Dunyoga tanilgan hunarmand

Mavluda Hamdamova tikkan kashtalar dunyoga mashhur. Uyidagi ustaxonasiga o‘zbek xalq amaliy san’ati ixlosmandlari, xorijiy sayyohlarni chorlab, Urgut tumanining G‘o‘s qishlog‘ini turizm maskanlaridan biriga aylantirdi. Mavluda opa yillar davomida o‘zi tikkan so‘zana, bolimpo‘sh, zardevor, joynamoz, tokchapo‘sh, ro‘yijo kabi kashta turlarini tikib, rivojlantirib momomeros hunarni davom ettirib kelayotgan hunarmanddir. – Bizning kashtalarga teng keladigani yo‘q. Hozir ko‘pchilik…

Mavluda Hamdamova tikkan kashtalar dunyoga mashhur. Uyidagi ustaxonasiga o‘zbek xalq amaliy san’ati ixlosmandlari, xorijiy sayyohlarni chorlab, Urgut tumanining G‘o‘s qishlog‘ini turizm maskanlaridan biriga aylantirdi. Mavluda opa yillar davomida o‘zi tikkan so‘zana, bolimpo‘sh, zardevor, joynamoz, tokchapo‘sh, ro‘yijo kabi kashta turlarini tikib, rivojlantirib momomeros hunarni davom ettirib kelayotgan hunarmanddir. – Bizning kashtalarga teng keladigani yo‘q. Hozir ko‘pchilik kashtalarni faqat o‘g‘il-qizlarining sepi uchun olib, sandiqqa solishadi. O‘tgan davlarda qizlar o‘z qo‘llari bilan seplariga kashta tikishgan, – deydi u. Mavluda Hamdamovaning mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. “Shuhrat” medali sohibasi.

Author: Uyushma axborot xizmati