Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Radjabova Tojioy – zardoʼzlik hunarining azaliy anaʼanalari qayta tiklab, uni kelgusi avlodga yetkazishda munosib hissa qoʼshayotgan hunarmand

Radjabova Tojioy – zardoʼzlik hunarining azaliy anaʼanalari qayta tiklab, uni kelgusi avlodga yetkazishda munosib hissa qoʼshayotgan hunarmand

Radjabova Tojioy Samarqand viloyati “Hunarmand” boshqarmasi Urgut tumani boʼlimining zardoʼzlik yoʼnalishida “Ustoz-shogird” maktabi rahbari aholi farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy muhitni yanada sogʼlomlashtirish borasida samarali mehnat qilayotgan tashabbuskor va fidoyi mahalla fuqarolar yigʼini masʼul kotibi, zardoʼzlik  hunarining azaliy anaʼanalari qayta tiklab, uni kelgusi avlodga yetkazishda munosib hissa qoʼshayotgan hunarmand. U zardoʼzlikni onasi Аsolat ayadan…

Radjabova Tojioy Samarqand viloyati “Hunarmand” boshqarmasi Urgut tumani boʼlimining zardoʼzlik yoʼnalishida “Ustoz-shogird” maktabi rahbari aholi farovonligini oshirish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy muhitni yanada sogʼlomlashtirish borasida samarali mehnat qilayotgan tashabbuskor va fidoyi mahalla fuqarolar yigʼini masʼul kotibi, zardoʼzlik  hunarining azaliy anaʼanalari qayta tiklab, uni kelgusi avlodga yetkazishda munosib hissa qoʼshayotgan hunarmand.

U zardoʼzlikni onasi Аsolat ayadan oʼrganib, 1978 yildan ishdan tashqari mustaqil faoliyat yuritib kelgan.

T.Radjabova Urgut tumanida birinchi boʼlib zardoʼzlik sohasini uy yumushi, ayollar ermagidan amaliy sanʼat va kasb darajasiga olib chiqib, ushbu hunarning qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan.

T.Radjabova Urgutning turli qishloq va mahallalarini kezib, zardoʼzlikda azaldan ishlatilgan naqsh turlarini chuqur oʼrgangan. Natijada badiiy zardoʼzlikning “zamindoʼzlik”, “yakkagul” uslublarini oʼzlashtirib, hozirgi zamon talabiga mos ravishda yangicha shakllar tikilishini yoʼlga qoʼygan.

T.Radjabova oʼzbek xalqi amaliy sanʼati shaydolari boʼlgan malayziyalik, turkiyalik sayyohlarni chorlab, Gʼoʼslik mahallasini viloyatdagi turizm maskanlaridan biriga aylantirmoqda.

Bundan tashqari, hunarmandchilikning rivoji uchun mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarni mahalladoshlari va shogirdlariga keng targʼib qilmoqda.

2017 yilda 25 xil turdagi 300 dona, 2018 yilda 30 turdagi 360 dona,

2019 yilda 35 turdagi 420 dona jami 225 mln. soʼmlik mahsulot ishlab chiqarib, 92,5 million soʼm sof foyda olgan.

Shu davrda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali koʼrgazmasida oʼz mahsulotlari bilan ishtirok etgan.

2018 yilda Urgut tumani “Gʼoʼslik” mahalla fuqarolar yigʼini qoshida maslahat markazi tashkil qilinib, Radjabova Tojioy ushbu markaz raisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Markaz qoshida mahalladagi 20 nafar toʼndoʼz, zardoʼz kabi hunarmandlarni oʼz atrofiga birlashtirgan.

Maslahat markazi yangidan ish boshlamoqchi boʼlgan yosh tadbirkorlarga oʼzining tajribasini va bugun yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berib kelmoqda. Natijada, soʼnggi uch yilda 30 nafarga yaqin yoshlar 465 mln. soʼmlik imtiyozli kredit olib, oʼz faoliyatini boshlagan.

T.Radjabova 2009 yildan Urgut tuman “Gʼoʼslik” mahalla fuqarolar yigʼini kotibi vazifasida ishlab kelmoqda. Mahallada 286 ta xonadonda 2456 nafar aholi (shundan 806 nafar yoshlar) istiqomat qiladi.

2017 yil “Tashabbus-2017” koʼrik-tanlovining “Eng yaxshi ayol hunarmand” nominatsiyasi boʼyicha gʼolib boʼlgan.

Ibratli oila bekasi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati