Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmandi e’zoz topgan Shahrixon

Hunarmandi e’zoz topgan Shahrixon

Hunarmandlik milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi. Ota-bobolarimizdan qolgan meros. Hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan buyum va mahsulotlarga nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham talab ortmoqda. Bugun Shahrixon tumanidagi “Sardor”tantanalar saroyida hunarmandlar va nuroniylar ishtirokida “Bir piyola choy” tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda Shahrixon pichoqchilik maktabi asoschilari, fidoyi ustazodalar va faxriy hunarmandlarga “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq…

Hunarmandlik milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi. Ota-bobolarimizdan qolgan meros. Hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan buyum va mahsulotlarga nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham talab ortmoqda.

Bugun Shahrixon tumanidagi “Sardor”tantanalar saroyida hunarmandlar va nuroniylar ishtirokida “Bir piyola choy” tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda Shahrixon pichoqchilik maktabi asoschilari, fidoyi ustazodalar va faxriy hunarmandlarga “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Шаҳрихон тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

Author: Uyushma axborot xizmati