Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Hududiy boshqarmalar hamda tuman (shahar) bo‘limlari ish faoliyatini o‘rganib, joylarda amaliy yordam berish maqsadida uyushma xodimlaridan iborat ishchi guruhi hududlarga chiqdi

Hududiy boshqarmalar hamda tuman (shahar) bo‘limlari ish faoliyatini o‘rganib, joylarda amaliy yordam berish maqsadida uyushma xodimlaridan iborat ishchi guruhi hududlarga chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”gi PF-5242-sonli Farmoni va “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3393-sonli qarori hamda 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi PQ-4539-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va samarali…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”gi PF-5242-sonli Farmoni va “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3393-sonli qarori hamda 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”gi PQ-4539-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlashda hududiy boshqarmalar hamda tuman (shahar) bo‘limlari ish faoliyatini o‘rganib, joylarda amaliy yordam berish maqsadida uyushma xodimlaridan iborat ishchi guruhi hududlarga chiqdi.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari quyidagilarga alohida ahamiyat beradi.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 25 dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlari forumi”da yoshlarda ijobiy motivasiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tashabbusi qo‘llab-quvvatlanganligi;

 – Ushbu tashabbus asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida hududlarda yoshlarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va kasb-hunarga o‘qitish buyicha o‘quv-seminarilarini tashkil etish ko‘zda tutilganligi.

 – Respublika “Hunarmand” uyushmasining xududiy boshqarma va bo‘linmala-rida davlat tilida ish yuritilishini, kadrlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, ijro intizomi nazoratini monitoring qilish;

 – joylarda istiqomat qiladigan turli millat va ellatlarga mansub fuqarolar o‘rtasida hunarmandchilik tarmoqlarini rivojlantirish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni, ishsiz bo‘lgan ayollar va yoshlarni hunarmandchilik asosida bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlartizimini yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish;

– hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijalari bo‘yicha uyushma rahbariyatiga yozma ravishda axborot berish.

“Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati