Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Samarqand viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 4 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Samarqand viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Respublika “Hunarmand” uyushmasi rais oʼrinbosari Аkobir Hakimov, hududda faoliyat olab borayotgan tajribali hunarmandlar va OАV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

 

 

 

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati