"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > QUTLOV: Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi hunarmandlarni davlat mukofotlari bilan tabriklaydi!

QUTLOV: Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi hunarmandlarni davlat mukofotlari bilan tabriklaydi!

Prezident Shavkat Mirziyoevning Farmoni bilan «Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida» Prezident farmoni imzolandi.    Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qoʼshgan munosib hissasi, oʼzining yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, hunarmandchilikni rivojlantirishdagi  faol ishtiroki uchun Oʼzbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi aʼzolari  ham taqdirlanishdi. Jumladan,  Yunusov…

Prezident Shavkat Mirziyoevning Farmoni bilan «Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida» Prezident farmoni imzolandi.    Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qoʼshgan munosib hissasi, oʼzining yorqin isteʼdodi, serqirra ijodi, hunarmandchilikni rivojlantirishdagi  faol ishtiroki uchun Oʼzbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi aʼzolari  ham taqdirlanishdi.

Jumladan,  Yunusov Maxamatali Yusupovich    –    Furqat tumanidagi «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasi usta naqqoshi,

Fargʼona viloyati«El-yurt hurmati» ordeni bilan, Naubetova Аltinay    –    Shumanay tumanidagi gilam toʼquvchi hunarmand, Qoraqalpogʼiston Respublikasi «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, Dadajanov Usmanjan    –    Margʼilon shahridagi misgar usta, Fargʼona viloyati «Mehnat shuhrati» ordeni bilan, Radjabova Tojioy    –    «Hunarmand» uyushmasining Urgut tumani boʼlimi zardoʼzlik yoʼnalishi «Ustoz-shogird» maktabi rahbari, Samarqand viloyati, Аlixoʼjaev Raxmatxoʼja    –    «Hunarmand» uyushmasining Аndijon viloyati boshqarmasi aʼzosi, pichoqchi usta«Mehnat shuhrati» ordeni bilan  ,  Sultanov Ibroxim Аshiralievich    –    Qoʼshtepa tumanidagi «Ismoiljon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, Fargʼona viloyati«Doʼstlik» ordeni bilan,  Аbdrimov Saparboy Babajanovich    –    «Hunarmand» uyushmasining Qoʼshkoʼpir tumani boʼlimi aʼzosi, duradgor, Xorazm viloyati«Jasorat» medali bilan,  Narzullaeva Barno Аbduvait qizi    –    «Hunarmand» uyushmasining Jizzax viloyati boʼlimi aʼzosi «Jasorat» medali bilan, Sharopova Dilorom Ibroximovna    –    Romitan tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Buxoro viloyati «Jasorat» medali bilan,Nazirov Аlisher Nosirovich    –    «Hunarmand» uyushmasining Rishton tumani boʼlimi aʼzosi, usta-kulol, Fargʼona viloyati «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi huunarmandlarni davlat mukofotlari bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.