Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Shahrisabz shahridagi Hunarmandchilik markazida hunarmandchilik mahsulotlari koʼrgazmasi va bir qator yoʼnalishlar boʼyicha mahorat darslari tashkil etilmoqda

Shahrisabz shahridagi Hunarmandchilik markazida hunarmandchilik mahsulotlari koʼrgazmasi va bir qator yoʼnalishlar boʼyicha mahorat darslari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 25 yanvarь kuni Oʼzbekison Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Shahrisabz shahridagi “Hunarmandlar” markazida hunarmandchilik mahsulotlari koʼrgazmasi va bir qator yoʼnalishlar boʼyicha mahorat darslari tashkil qilindi. Ushbu tadbirda 120 dan ortiq maktab va maxsus maktab internat oʼquvchilariga hunarmandchilikning kashtachilik yoʼnalishining iroqi, bigiz kashta turlari, shuningdek, qoʼlda gilam toʼqish, kulolchilik, gul bosilgan…

Joriy yilning 25 yanvarь kuni Oʼzbekison Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Shahrisabz shahridagi “Hunarmandlar” markazida hunarmandchilik mahsulotlari koʼrgazmasi va bir qator yoʼnalishlar boʼyicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Ushbu tadbirda 120 dan ortiq maktab va maxsus maktab internat oʼquvchilariga hunarmandchilikning kashtachilik yoʼnalishining iroqi, bigiz kashta turlari, shuningdek, qoʼlda gilam toʼqish, kulolchilik, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar, hattotlik, toʼquvchilik yoʼnalishlari boʼyicha usta hunarmandlar tomonidan mahorat darslari namoyish etildi va tushuntirildi.
Shahrisabz tuman boʼlimi boshligʼi M.Аxrorov oʼquvchilarga tumanda “Usta-shogird” maktabi anʼanalari asosida oʼquv kurslari va toʼgaraklar tashkil etilayotganligi, ushbu toʼgaraklarga hunarga qiziquvchi oʼquvchilar jalb etilayotganligi haqida soʼzlab berdi. Shu bilan birgalikda hunarmandchilik yoʼnalishlari, uning tarixi, noyob turlari, milliyligi haqida manbalarga asoslangan holda maʼlumotlar berdi.  Mahorat darsiga Shaxrisabz shahar va tumanidagi jami 23 ta maktab, 2 ta maktab internat va Qarshi ixtisoslashgan sanьat maktab internati oʼquvchilari xam taklif qilindi. Mahorat darslari davom etmoqda!

Uyushma Аxborot xizmati

[/vc_column][/vc_row]

Author: Uyushma axborot xizmati