Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Marg‘ilonda «Atlas bayrami» V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali boshlandi

Marg‘ilonda «Atlas bayrami» V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali boshlandi

Marg‘ilon shahriga Butunjahon Hunarmandlar Kengashi qarori bilan “Jahon Hunarmandlar Shahri” maqomi berilishi tasdiqlandi. Bugungi kunda dunyoning 4 qit’asidan 57 ta shaharlar bunday e’tirofga sazovor bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, Marg‘ilon Butunjahon Hunarmandlar Kengashining “Hunarmand shaharlar” ro‘yxatiga O‘zbekistondan qo‘shilgan 3-chi shahar bo‘ldi. Ipakchilik xamda abrli matolar atlas-adras tayyorlashning ilg‘or tajribasi, hunarmandlarning bu soxada erishayotgan yutuqlari va shu bilan…

Marg‘ilon shahriga Butunjahon Hunarmandlar Kengashi qarori bilan

“Jahon Hunarmandlar Shahri” maqomi berilishi tasdiqlandi.

Bugungi kunda dunyoning 4 qit’asidan 57 ta shaharlar bunday e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Marg‘ilon Butunjahon Hunarmandlar Kengashining “Hunarmand shaharlar” ro‘yxatiga O‘zbekistondan qo‘shilgan 3-chi shahar bo‘ldi. Ipakchilik xamda abrli matolar atlas-adras tayyorlashning ilg‘or tajribasi, hunarmandlarning bu soxada erishayotgan yutuqlari va shu bilan birga hunarmandchilikka berilayotgan yuksak e’tibor shaharga bunday maqom berilishiga zamin yaratdi.

Author: Uyushma axborot xizmati