Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

“Hammangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz azaldan tabiatni muqaddas deb bilgan. Tuproqni, suvni, havoni, ostonasini pok saqlashga intilgan. Xalqimizda “Birni kessang, o‘nni ek” degan dono maqol ham bejiz aytilmagan. Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekilgan. Afsuski, mana shu ezgu odatlar bugun deyarli yo‘qolib ketdi. Odamlarimiz hatto eshigi va hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko‘chat…

“Hammangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz azaldan tabiatni muqaddas deb bilgan. Tuproqni, suvni, havoni, ostonasini pok saqlashga intilgan. Xalqimizda “Birni kessang, o‘nni ek” degan dono maqol ham bejiz aytilmagan.

Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekilgan. Afsuski, mana shu ezgu odatlar bugun deyarli yo‘qolib ketdi.

Odamlarimiz hatto eshigi va hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko‘chat ekib, saranjom-sarishta qilib qo‘yishdan erinadigan bo‘lib qoldi.

Nimaga bu masalada OAV orqali hamda mahallalarda bong urilmayapti? Qani mahalla faollari, nuroniylarimiz va jamoatchiligimiz? Afsuski, ko‘pchilik tomoshabin bo‘lib qolmoqda.

Bugun dunyo miqyosida texnika va texnologiya, sanoat yuqori darajada rivojlangan XXI asrda ekologiya bilan bog‘liq muammolar birinchi darajali muammo sifatida kun tartibiga chiqayotgani bejiz emas.

Biz bu masalada faqat bugunni emas, yaqin va uzoq kelajakni o‘ylab ish tutmasak, ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz”, dedi davlatimiz rahbari.

Author: Uyushma axborot xizmati