Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qarshi shahrida hunarmandchilik savdo pavilioni tashkil etilmoqda

Qarshi shahrida hunarmandchilik savdo pavilioni tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-91-son Farmonida respublika hududlarida “Hunarmandchilik ob’yektlari”ni tashkil etish belgilangan. Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida umumiy qiymati 2,2 mlrd. so‘mni tashkil qiluvchi,…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 12 iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-91-son Farmonida respublika hududlarida “Hunarmandchilik ob’yektlari”ni tashkil etish belgilangan. Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida umumiy qiymati 2,2 mlrd. so‘mni tashkil qiluvchi, maydoni 0,3 gektardan iborat “Hunarmandchilik savdo praviloni”ni qurish ishlari boshlandi.

Ushbu pavilon 1 qavat, 6 ta xona, ayvon, asosiy zal hamda 6 ta ustaxonadan iborat bo‘ladi. Mazkur ob’yektda hunarmandchilikning yog‘och o‘ymakorlik, kulolchilik, ganch o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, milliy kiyimlar, temirchilik, yo‘nalishlarida hunarmandlar faoliyat ko‘rsatishi va o‘z mahsulotlarini sotishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, savdo paviloni tashkil etilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati